So'nggi yangiliklar

XORAZM VILOYaTIDAGI KOLLEKTORLAR REKONSTRUKSIYa QILINMOQDA

Xorazm viloyatida yer osti suvlari yaqin joylashganligi sababli drenaj va kollektor tarmoqlarining o‘rni va ularni soz holatda ishlashi benihoyat muhim. Viloyatda kollektorlarni samarali ishlashi uchun har yili davlat dasturlari asosida meliorativ obyektlarni rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
Jumladan, 2024-yil davlat dasturiga kiritilgan Urganch shahridagi xo‘jaliklararo “Aeroport” kollektorining PK-0+00 dan PK-18+00 gacha qismini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur obyektdagi ishlar “Temir-Beton” MChJ bosh pudrat tashkiloti tomonidan bajarilmoqda.
Hozirgi kunda ushbu obyektga 3 dona ekskavator, 1 dona buldozer, 1 dona avtokran, 2 dona boshqa texnika hamda 18 nafar ishchi-xodimlar jalb qilinib, ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
 
Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB matbuot xizmati

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Октябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Январь 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Сентябрь 2024 (1)
Июль 2024 (2)
Май 2024 (2)