So'nggi yangiliklar

ХORAZMLIK GIDROMETRLAR UCHUN DALA-O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI

2024-yilning 11-iyul kuni viloyat Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi va Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) hamkorligida Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi hududida suv o‘lchash va suv hisobini yuritish mavzusida ko‘rgazmali dala-o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB mutaxassislari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari va tumanlar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari gidrometrlari ishtirok etdi.
Seminarda Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasida qurilgan “O‘zgarmas-o‘zan” gidropostida suv tezligini o‘lchaydigan portativ elektromagnitli MGG/KL-DCB rusumli gidrometrik vertushkada suv sarfini o‘lchash, Q=f(H) ishchi grafigini ishlab chiqish va uni GR21M rusumli vertushka bilan birgalikda ishlatib o‘lchash aniqligini taqqoslash ishlari o‘rgatildi. Shuningdek, bugungi kunda suv hisob-kitobini olib borishda yuritiladigan hujjatlarni yuritish tartibi va suv maxsus xizmati tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
 
Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB matbuot xizmati

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Октябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Январь 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Сентябрь 2024 (1)
Июль 2024 (2)
Май 2024 (2)